by mhnds

3-internet urushi va uning ta'siri

1-Mart, 2023

541 views
3-internet urushi va uning ta'siri

3-internet urushi boshlanayotganini aytgandim.

Bugun nima uchun Bing Google’ni tormor qilib tashlash imkoniyati yuqoriligi, va AI’ning ta’siri haqida gaplashamiz.

Shu kungacha Google, qidiruv tizimlari ichida “monopolist” bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, bozorning 91 % qismi Google’ga tegishli bo’lgan. Google kompaniyasiga keladigan pullarning oqimi ham asosan qidiruv tizimidagi reklamalardan bo’lgan.

ChatGPT mashhur bo’lib, OAV’da Microsoft o’zining mahsulotlariga ChatGPT’ni integratsiya qilayotgani haqida xabar tarqalgandan so’ng, Google ham o’zining Bard AI’sini shoshilinch ravishda Parij konferensiyasida e’lon qildi lekin konferensiya davomida ular kutilgan narsani ko’rsatib bera olishmadi.

Tez baliqlar, katta baliqlarni yeb qo’yadi

Tez baliqlar, katta baliqlarni yeb qo'yadi

Hozirgi raqobat dunyosida, to’g’ri yo’nalishda tez harakat qila olgan baliqlar, katta baliqlarni g’ajib tashlaydi. Xuddi shuningdek, Bing to’g’ri yo’nalishda o’ta katta tezlik bilan harakat qilyabdi. Bu yo’lda xatoliklarga yo’l qo’yish unga qimmatga tushmaydi, chunki marketdagi ulushi kam, yo’qotadigan narsasi ham, foydalanuvchilari soni ham kam. Google esa tez harakat qilishi juda qiyin. Tez harakat qilaman deb kichik xatoga yo’l qo’yishi kompaniyaga juda katta zarar keltiradi. Oddiy misol keltirsam: Google’ning Twitter sahifasida e’lon qilingangan GIF’da, Bard’ga berilgan savolga, u xato ma’lumot bilan javob bergani aks etgan. Ana shu kichkina xatolik kompaniyaga 100mlrd’lik chek keltirgan 🤯

Kichkina demang bizni ko’tarib uramiz sizni

Kichkina demang bizni ko'tarib uramiz sizni

Gigant kompaniyalar o’zlari tez harakat qila olmaydi. Startaplar bilan solishtirganda ular tezlik jihatdan mag’lub bo’lishga majbur. Shuning uchun gigantlar har yili startaplarga juda katta miqdorda pul investitsiya kiritadi, yoki sotib oladi. Oddiy misol keltiraman: Microsoft va OpenAI. Microsoft gigant kompaniya. OpenAI’ga 2015-yilda asos solinganiga qaramasdan, 2022-yil oxirigacha startap deya qaraladigan kompaniya edi. OpenAI “Kichkina demang bizni ko’tarib uramiz sizni” jumlasini isbotlab berdi. 2019-yilda Microsofot ana shu kichik polvonda katta potensial ko’rib, unga 1’mlrd $ miqdorda investitsiya kiritishga qaror qildi. 2022-yil Noyabr oyiga kelib esa investitsiya o’zini oqladi, va OpenAI’ning ChatGPT’si tarixda hech qaysi produkt ko’rsata olmagan natijani ko’rsatdi. Boshqacha qilib aytganda, chatbot 5 kun ichida 1 millionta foydalanuvchiga ega chiqdi. Shaxmat haqida yozganimdek, piyodalar farzinga aylanishi va natijada o’yinni mutlaqo o’zgartirib tashlashi mumkun.

Xo’sh, bu urushda kim g’alaba qozonadi?

Xo'sh, bu urushda kim g'alaba qozonadi?

Bu savolga aniq javob berish biroz mushkul. O’zimizni dasturlash dunyoyimizga nazar solsak, Google allaqachon mag’lubiyatga uchrab bo’lgan. Sababi, Microsoft mahsulotlari, xususan Copilot va ChatGPT’lar Google’ni bu dunyodan siqib chiqardi deyarli. OpenAI esa Microsoftni qo’llab quvvatlovi bilan piyodadan farzinga aylanib bo’ldi. Endi, Microsoft strategik qadamlar bilan maydonni egallashga kirishgan. Undagi farzinlar soni Google’nikidan ko’proq. Google faqat tilda gapiryapti, lekin amalda hali hamon foydalanuvchilar uchun Bard’ni taqdim qilgani yo’q. Agar kompaniya sekin harakat qilishda davom etsa, bu maydondan chiqib ketishga majbur bo’ladi.

AI meni ishimni tortib oladimi?

Avvalo, Tipirchilamang. AI sizni ishingizni ertaga tortib olmaydi. Hozircha, AI instrumentlarining hammasi dasturchilarning ishini, samaradorligini 10 barobar tezlatishga xizmat qiladi. Hech bir AI instrumenti inson kabi fikrlay olmaydi, ijod qila olmaydi. Bularning barchasi language model, ya’ni ular tekst ko’rinishidagi katta ma’lumotlarga asoslanib ish qiladi. Lekin bora bora katta-katta, kompleks dasturlarni ham yozib tashlash ehtimoli yo’q emas. Yalqov, dangasa, o’z ustida ishlamaydigan odamlarni o’rnini egallashi mumkun. Sizdan talab qilinadigan narsa esa o’z ustingizda davomiy ravishda ishlash.

Tamom!